Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi

INNOVASION GURUH NOMI: Toshkent viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos, hosildorligi, oqsili va moydorligi yuqori soyaning yangi Ehtiyoj va Xotira navlari urug‘chiligini tashkil etish va amaliyotga keng joriy etish.

MOLIYALASHTIRISH MANBAI: Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturining Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi

BAJARILISH MUDDATI: 01.07.2023 - 30.06.2024

LOYIHANING DOLZARBLIGI: Hozirgi kunda Respublikamizda yetishtirilayotgan soya navlari hosildorligi pastligi, dukkaklari pishib yetilganda chatnab to‘kilib ketishi, don tarkibidagi oqsil va moy miqdorining kamligi kabi bir qator muammolar fermerlar uchun qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Yiliga 25 mln AQSh dollari miqdorida soya mahsuloti import qilinadi. Shu munosabat bilan soyaning hosildor, don tarkibida oqsil va moy miqdori yuqori, dukkaklari pishib yetilganda chatnab to‘kilmaydigan, poyadagi birinchi dukkak 10-15 sm yuqorida joylashgan soyaning yangi navlarini amaliyotga keng joriy etish hozirgi davrning dolzarb masalalardan hisoblanadi.

LOYIHANING MAQSADI: Toshkent viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos, yuqori hosildor, donining tarkibida oqsili va moydorligi yuqori bo‘lgan soyaning yangi “Ehtiyoj” va “Xotira” navlari urug‘chiligini tashkil etish va amaliyotga keng joriy etish.:

BAJARILADIGAN VAZIFALAR: Soyaning yangi navlari ekiladigan fermer xo‘jaligi yer maydonini ekishga tayyorlash ishlarini tashkil etish; Soyaning “Ehtiyoj” va “Xotira” navlarini urug‘ ko‘paytirish ko‘chatzorlarini barpo etish; Ko‘chatzorlarda fenologik kuzatuv ishlari olib borish va hududga moslanuvchanligi bo‘yicha yakka hamda ommaviy tanlov o‘tkazish, soya navlarida morfoxo‘jalik belgilarini tahlil qilish; Urug‘ ko‘paytirish ko‘chatzorlarida mualliflik ko‘rigi o‘tkazish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish. Fermerlar ishtirokida dala seminarlari tashkil etish.

INNOVASION YANGILIK: Soyaning yangi “Ehtiyoj” va “Xotira” navlari joriydagi boshqa navlardan hosildorligi (40-45 ts/ga) yuqoriligi, donining tarkibida oqsil (42-44 %) va moyning yuqori darajada (23-24 %) ekanligi bilan farqlanadi. Ushbu navlar Davlat reyestriga kiritilgan navlardan hosildorligi 5-8 ts/ga, donining tarkibida oqsil 10-12 % ga va moyning miqdori 2-4 % gacha yuqoriligi bilan ajralib turadi.

TIJORATLASHTIRISH SALOHIYATI: Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Yangihayot, Sharqiyabonu, Fayz” fermer xo‘jaligi dalalarida soyaning yangi Extiyoj va Xotira navlari ekilib yuqori hosil olinadi (40-45 ts/ga) sara urug‘i yetishtiriladi va manfatdor fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarga realizatsiya qilinadi.

ATROF MUHITGA TA’SIR: Soya o‘sish davrida atmosferadan gektariga 50 kg gacha sof azotni o‘zlashtirib tuproqni boyitadi;Soya ildizi tuproqdagi o‘simlik foydalana olmaydigan fosfat brikmalarini, o‘simlik iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan fosforlarga aylantirib, bir qismidan o‘simlik o‘zi foydalansa, qolgani keyingi ekinlar uchun yig‘iladi. Ekin maydonlarida kimyoviy o‘g‘itlarni qo‘llashni imkon qadar qisqartirib ekologik toza biopreparatlardan keng foydalanish ko‘zda tutilgan va bu tuproq mikroflorasini yaxshilaydi.

IQLIM O’ZGARISHIGA MOSLASHUV: Soyaning “Ehtiyoj” va “Xotira” navlarini yetishtirishda global iqlim o‘zgarishi tufayli yuzaga keladigan global isish va suv tanqisligi sharoitiga mos sug‘orish me’yorlari tanlanadi. Soyaning “Ehtiyoj” va “Xotira” navlari Toshkent viloyati tuproq-iqlim sharoitida uzoq yillar davomida ekib (sinalgan) o‘rganilib, yakka va ommaviy tanlov yo‘li bilan yaratilganligi uchun loyiha uchun tanlangan fermer xo‘jaligi dalasiga tezda moslasha oladi.

RESURS TEJAMKORLIK: Sug‘orish sxemasiga o‘zgartirish kiritilib suv sarfi kamaytiriladi, ya’ni sug‘orishlar soni 4 martani tashkil qiladi. O’simlik gullash fazasigacha 2 marta yengil (300-400 m3/ga) va yoppasiga gullash va dukkaklash davrida 2 marta (600-800 m3/ga) sug‘oriladi. Natijada suv sarfi 50% ga kamayadi. Soya tuproqni azot bilan boyitishi va harakatchan fosfor miqdorini oshirishini inobatga olib keyingi mavsumlarda ushbu dalaga azotli va fosforli o‘g‘itlar ishlatish me’yorini kamaytirish mumkin bo‘ladi.

IQTISODIY SAMARA: Biologik preparatlardan foydalanish natijasida mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan xarajat 50 % ga kamayadi va gektariga taxminan 800-900 ming so‘m iqtisod qilinishiga erishiladi. Soya tuproqni azot bilan boyitishi va harakatchan fosfor miqdorini oshirishini inobatga olib keyingi mavsumlarda ushbu dalaga azotli va fosforli o‘g‘itlar ishlatish me’yorini kamaytirish mumkin bo‘ladi.

FERMERLAR TOMONIDAN AMALGA OShIRILADIGAN TADBIRLAR: Soya navlari ekiladigan maydonlarni ekishga tayyorlash tadbirlarini (Yerni haydash, tekislash va boshq.) olib boradi. Rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikalar bilan ta’minlaydi. Soya urug‘ini ekish ishlarida bevosita ishtirok etadi. Loyixa ishtirokchilariga dalada va shiyponda kerakli zarur sharoitlarni yaratadi. Soya ekini pishib yetilgandan keyin hosilni sifatli yig‘ib olish uchun texnikalar ajratadi. Fermer uchun tashkil etiladigan dala seminarlarida ishtirok etish.

TRENING MA’LUMOTLARI:

Mavzu: “Soyaning yangi “Ehtiyoj” va “Xotira” navlarini qimmatli-xo‘jalik belgilari va o‘ziga xos xususiyatlari”.

Mavzu: “Soyaning yangi “Ehtiyoj” va “Xotira” navlarini yetishtirish agrotexnikasi”.

GURUH A’ZOLARI: O’zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, “Yangihayot, Sharqiyabonu, Fayz”f/x, “Amir, Vali, Fayz” urug‘chilik MChJ, Toshket viloyati agroxizmatlar (AKIS) markazi.

MOLIYALASHTIRISH DOIRASIDA XARID QILINGAN ASBOB-USKUNALAR:

Termostat (soya urug‘ini unuvchanligini aniqlash uchun),

Sokslet uskunasi (soya urug‘i tarkibidagi moy miqdorini aniqlash uchun),

SPAD-502 Plus uskunasi (soya o‘simligi bargidagi xlorofill miqdorini aniqlash uchun),

Keldalya apparati – Soya doni tarkibidagi sof oqsil miqdorini aniqlash uchun.

Sentrifuga – Eritmalarni toza holatda ajratib olish uchun.

Seyalka (ruchnaya) – kichik maydonlarga soya urug‘ini ekish uchun.

2023-11-17 15:49:54 0