Yangi soya navlarini joriy etishga qaratilgan dala seminari tashkil etildi.

Yangi soya navlarini joriy etishga qaratilgan dala seminari tashkil etildi.

EU-AGRIN loyihasi doirasida soyaning hosildor, donida oqsil va moy miqdori yuqori bo‘lgan yangi “Ehtiyoj” va “Xotira” navlarini amaliyotga keng joriy etish maqsadida “Yangi soya navlarining o‘ziga xos xususiyatlari va agrotexnikasi” mavzusida dala seminari tashkil etildi.

Joriy yilning 29 sentabr kuni Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturining Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi doirasida tashkil etilgan yangi soya navlarini joriy etishga qaratilgan innovatsion guruh tomonidan “Yangihayot, Sharqiyabonu, Fayz” fermer xo`jaligida “Yangi soya navlarining o‘ziga xos xususiyatlari va agrotexnikasi” mavzusida dala seminari tashkil etildi.

Seminarda Yangiyo‘l tumadigi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, ularning ish yurituvchi agronomlari, xususiy tomorka yer egalari, “Qo‘shyog‘och” MFY vakillari va O’zbekiston Fanlar akademiyasi, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti olimlari hamda loyiha ijrochilari qatnashdi.

Seminarda loyiha rahbari b.f.d., professor I.Dj.Kurbanbayevning “Soyaning yangi “Ehtiyoj” va “Xotira” navlarining o‘ziga xos xususiyatlar va agrotexnikasi” mavzusidagi, institut direktori q/x.f.d., professor A.A.Narimanovning “O’zbekistonda soya urug‘chiligining hozirgi holati va istiqbollari” mavzusidagi hamda kichik ilmiy xodim S.K.Abdushukirovaning “Soyaning botanik va genetik kolleksiyalari to‘g‘risida umumiy ma’lumot” mavzusidagi ma’ruzalari fermerlarga taqdim etildi. Ma’ruzalardan keyin fermerlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi va o‘zlarining fiklarini bildirib o‘tishdi. Ular o‘z chiqishlarida mana shunday dala seminarlari ko‘proq o‘tkazilib turishi zarurligini ta’kidlashdi. Dala seminari bevosita soyaning “Ehtiyoj” va “Xotira” navlari ekilgan maydonda tashkil etilishi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

 

 

2023-09-30 423