O'zRFA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti olimlari tomonidan yaratilgan tezpishar yuqori hosildor bug‘doy navini Toshkent viloyatida ekish joriy etildi
Toshkent viloyati Qibray tumanida 2023 yil 3 noyabr kuni suv yetishmasligi sharoitida yuqori hosildor, erta pishar, sariq zang kasalliklariga chidamli nonboplik xususiyatlari yuqori bo‘lgan bug‘doy navini yetishtirishga bag‘ishlangan dala mahorat darsi o‘tkazildi.
Dala mahorat darsi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturining Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi doirasida tashkil etilgan “kuzgi bug‘doy innovatsion” guruhi tomonidan tashkil etildi.
Loyiha nomi: EU-AGRIN #2/2023 “ Yumshoq bug‘doyning yuqori haroratga chidamli “Ezoz” navini yangi resurstejamkor agrotexnologik usulda yetishtirish”
Loyihaning maqsadi: Yuqori haroratga chidamli yumshoq bug‘doyning Ezoz navini kam suv va xarajat sarflab, tomchilatib sug‘orish usulida resurs tejamkor texnologiyaga o‘tish, yuqori hosildor ushbu ishlanmani bug‘doy yetishtiruvchi fermer, agroklaster va dehqon xo‘jaliklariga joriy qilishdan iborat.
Malakali mutaxassislar ishtirokidagi dala mahorat darsi davomida bug‘doy yetishtirishda resurs tejamkor sug‘orish texnologiyalarni qo‘llash, tomchilatib sug‘orish innovatsion ishlanmalarni joriy etishning muammolari va istiqbollari, yuqori harorat, suv tanqisligi va stress sharoitlarga chidamli E'zoz bug‘doy navining biologik xususiyatlari va hosildorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma'lumotlar berildi.









uz
en
ru