“Fan, taʼlim va amaliyot integratsiyasi: muammolar va innovatsion yechimlar” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʼtkazildi

“Fan, taʼlim va amaliyot integratsiyasi: muammolar va innovatsion yechimlar” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʼtkazildi

Joriy yil 12-sentyabr kuni Fanlar akademiyasi Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiyasi instituti tomonidan Biologiya fanlari doktori, professor Abzalov Miradxam Fuzailovich,  biologiya fanlari doktori, professor Yunusxanov Shavkat, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Muxiddinov Tilov Iskandarovich va qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Ahmedjanov Asam Nezamovichlarning 80 yilligi hamda biologiya fanlari doktori  Shadmanov Rustam Kulmuradovichning 85 yilligiga bag‘ishlangan “Fan, taʼlim va amaliyot integratsiyasi: muammolar va innovatsion yechimlar” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʼtkazildi.

  

    

Unda qishloq xoʼjaligi sohasida koʼzga koʼringan yetakchi olimlar, akademiklar, oliy taʼlim vazirligi vakillari, talaba-magistrlar, doktorantlar ishtirok etdi.

     

Konferensiya kun tartibida oʼsimliklar genetikasida qoʼllaniladigan zamonaviy genom texnologiyalar, qishloq xoʼjaligi ekinlari kasalliklarining molekulyar-biologik diagnostikasi, dukkakli va moyli ekinlar genetikasi boʼyicha ilmiy tadqiqotlar natijalari, bahorgi va kuzgi bugʼdoy navlari hosildorligini oshirishda zamonaviy usullardan foydalanish kabi bir-biridan qiziqarli maʼruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

 

Konferensiya muhokamasiga qoʼyilgan mavzular muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega boʼlib, ularning yechimi Oʼzbekiston qishloq xoʼjaligining iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

2022-09-12 502