USTOZGA EHTIROM — ILMGA EHTIROM
Institutimizda 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ustoz — nafaqat bilim beruvchi, balki yosh avlodni ilmga yetaklovchi, tajribasi va hayotiy saboqlari bilan ularga yo‘l ko‘rsatuvchi buyuk murabbiydir. Ayniqsa, ilm-fan yo‘lida ustozning o‘rni beqiyos — har bir yosh tadqiqotchining yutug‘i ortida unga ishongan va yo‘l ko‘rsatgan ustozning mehnati mujassam.





Bayram tadbiri davomida institutimizning fidoyi ustoz va murabbiylariga ko‘p yillik samarali mehnati, ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, institutimiz yoshlari o‘z ustozlariga samimiy tilak va tabriklarini yo‘llab, ularga bergan bilimlari, maslahatlari, ishonchi va doimiy qo‘llab-quvvatlovi uchun o‘z minnatdorliklarini izhor etdilar.
Aziz ustoz va murabbiylar!
Sizlarni kasb bayramingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, uzoq umr, ilmiy va pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamda shogirdlaringiz kamolini ko‘rib yurish baxtini tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Ustozlar!


