Institutimiz olimlarining yangi monografiyasi chop etildi!

Institutimiz olimlarining yangi monografiyasi chop etildi!

Institutimiz olimlarining yangi monografiyasi chop etildi!

Institutimiz olimlari H.X. Matniyazova, F.I. Matkarimov, D.N. Tillaboyeva va M.A. Xolikova muallifligidagi “O‘simliklar fiziologiyasi” nomli yangi o'quv qo'llanma nashrdan chiqdi.
Ushbu ilmiy asarda o‘simliklarda kechadigan asosiy fiziologik jarayonlar, jumladan fotosintez, nafas olish, suv almashinuvi, mineral oziqlanish, o‘sish va rivojlanish hamda o‘simlik organizmining tashqi muhit omillariga javob reaksiyalari ilmiy asosda yoritilgan.
Photo
O'quv qo'llanma o‘simliklar fiziologiyasi, biologiya, biotexnologiya va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar uchun foydali ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
 Institutimiz olimlarining ilmiy va pedagogik faoliyatidagi ushbu yangi natija bilan mualliflarni samimiy muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi ilmiy izlanishlarida yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
 O'quv qo'llanma: “O‘simliklar fiziologiyasi”
 Mualliflar: H.X. Matniyazova, F.I. Matkarimov, D.N. Tillaboyeva, M.A. Xolikova
 

2026-10-02 16