7-oktabr — Butunjahon paxta kuni!

7-oktabr — Butunjahon paxta kuni!

7-oktabr — Butunjahon paxta kuni!
Bugun, 2026-yil 7-oktabr kuni Toshkent shahridagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida World Cotton Day 2026 — Butunjahon paxta kuni munosabati bilan xalqaro tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yilgi tadbir “Cotton for Good: Building Prosperity Through Trade, Transformation and Partnership” — “Farovonlik uchun paxta: savdo, transformatsiya va hamkorlik orqali taraqqiyot” mavzusiga bag‘ishlangan.
Nufuzli xalqaro tadbir O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Xalqaro paxta maslahat qo‘mitasi (ICAC) hamkorligida tashkil etilib, unda FAO, WTO, UNIDO, ITC va UNCTAD kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, ushbu xalqaro anjumanda institutimiz xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Bu esa paxtachilik sohasidagi zamonaviy ilmiy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar, barqaror ishlab chiqarish va xalqaro hamkorlik bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda yangi ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim imkoniyatdir.

 Paxta nafaqat muhim qishloq xo‘jaligi ekini, balki millionlab insonlarning bandligi va farovonligi, to‘qimachilik sanoati rivoji hamda xalqaro savdoning muhim tarkibiy qismidir.
Butunjahon paxta kuni muborak bo‘lsin!
#WorldCottonDay #WorldCottonDay2026 #CottonForGood #Uzbekistan #ICAC #Cotton #Paxtachilik #IlmFan #Innovation #InternationalCooperation

 

2026-10-07 22