Bugun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova hamda Akademiyaning boshqa mas’ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–390-son qarori ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish doirasida institutimizning amaldagi direktori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor A.A. Narimanov bilan xayrlashuv uchrashuvi ham o‘tkazildi. A.A. Narimanovning institut rivoji, uning ilmiy salohiyati va nufuzini yuksaltirish yo‘lida olib borgan ko‘p yillik samarali hamda fidokorona mehnati alohida e’tirof etilib, samimiy minnatdorlik bildirildi.
Hurmatli A.A. Narimanovga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov tomonidan biologiya fanlari doktori, professor F.N. Kushanov institutimiz direktori etib tayinlangani e’lon qilindi.
Institutimiz jamoasi yangi direktorimiz F.N. Kushanovni ushbu mas’uliyatli lavozim bilan samimiy muborakbod etadi. U kishiga institut faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ilmiy tashabbuslarni amalga oshirish va jamoamizning ilmiy salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
INSTITUTIMIZDA MUHIM YIG‘ILISH VA YANGI TAYINLOV
2026-09-08 14


