Doktorantura, TAYANCh DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVChILIKKA 2027 YIL UChUN QABUL E’LON QILINADI!

Doktorantura, TAYANCh DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVChILIKKA 2027 YIL UChUN QABUL E’LON QILINADI!

Doktorantura, TAYANCh DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVChILIKKA 2027 YIL UChUN QABUL E’LON QILINADI!

O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka 2027 yil uchun quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha

QABUL E’LON QILINADI:

Ixtisoslik shifri va nomi

Doktorantura

Tayanch doktorantura

03.00.09-Umumiy genetika

1

3

03.00.07- O‘simliklar fiziologiyasi

1

3

03.00.03- Molekulyar biologiya, molekulyar genetika, molekulyar biotexnologiya

1

3

Hujjatlar 2026 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka kirish imtihonlari taqdimot shaklida 2026 yilning 1-25 noyabr davrida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2026-yil 26-maydagi PF-98-son Farmoni 3 (b)-bandida ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul kirish imtihoni oʻrniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshirish belgilangan, Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktorantura (PhD), va doktorantura (DSc)ga qabul qilishda ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini tayyorlash, taqdim etish boʻyicha Uslubiy koʻrsatma (1-ilova) va baholash mezonlari (2 va 3-ilova) ishlab chiqilgan boʻlib, kirish imtihonlari ushbu tartib asosida oʻtkaziladi. Shuningdek taqdimotning tarkibiy boʻlimlarini shakllantirish boʻyicha namunalar keltirilgan (4 va 5-ilova).

1-ilova

2-ilova

3-ilova

4-ilova

5-ilova

Tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar

  1. Ariza.
  2. Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl).
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
  6. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
  7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
  8. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat
  9. Ilmiy tadqiqot ishi taqdimot loyihasi

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz/) orqali royxatdan oʻtgan holda yuboriladi.

Doktorantura (DSc), mustaqil izlanuvchilik doktorantura (DSc)ga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar

  1. Ariza.
  2. Qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, oʻzbekcha va ruscha shaklda).
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  4. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
  6. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
  7. Ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi)
  8. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat
  9. Ilmiy tadqiqot ishi taqdimot loyihasi

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz/) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Hujjatlar yagona elektron tizim www.daraja.ilmiy.uz. orqali qabul qilinadi

Izoh:

Hujjatlar O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Qabul komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi, belgilangan talablar doirasida topshirilmagan arizalar rad etilishi mumkin.

Ma’lumot uchun tel: (77) – 008-83-68 Shuxrat Xamdullayev

Telegram: https://t.me/X_Shuxrat90

2026-09-04 29