OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI TOSHKENT BOTANIKA BOGʻI VA OʻZBEKISTON FANLAR AKADEMIYASI BIRLASHGAN KASABA UYUSHMASI QOʻMITASI hamkorligida Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan olimlar hamda ularning farzandlari uchun sogʻlomlashtirish va madaniy dam olish tadbiri tashkil etilmoqda!
Mazkur tadbir Fanlar akademiyasi tizimidagi olimlar va ularning farzandlarini sogʻlomlashtirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida doʻstona munosabatlarni mustahkamlash, milliy qadriyatlar hamda anʼanaviy sport oʻyinlarini ommalashtirish, shuningdek, farzandlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida oʻtkazilmoqda.
Sizlarni va farzandlaringizni “ILM VA SPORT — INSONNING IKKI QANOTIDIR” shiori ostida oʻtkaziladigan madaniy-sport bayramiga taklif etamiz!
13-IYUN 2026-YIL
SOAT 09:00 DA
TOSHKENT BOTANIKA BOGʻI
Toza havo bagʻrida boʻlib oʻtadigan ushbu bayram dasturidan quyidagilar oʻrin olgan:
Yugurish musobaqalari;
Shashka musobaqalari;
Turnikda tortilish bahslari;
Arqon tortish musobaqasi;
Milliy va xalq oʻyinlari;
Bolalar uchun quvnoq startlar;
Ijodiy mashgʻulotlar va tanlovlar;
Sovrinlar hamda kutilmagan syurprizlar.
Bu nafaqat sport bayrami, balki olimlar, xodimlar va ularning oila aʼzolarini birlashtiruvchi, doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlovchi, sogʻlom turmush tarzini targʻib etuvchi muhim tadbir hamdir.
Gʻoliblar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar.
Barcha xodimlar, yosh olimlar va ularning farzandlarini ushbu sport va doʻstlik bayramida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
KELING, ILM VA SPORTNI BIRLASHTIRGAN USHBU BAYRAMNI BIRGALIKDA NISHONLAYLIK!
DIQQAT! EʼLON!
2026-06-08 7



uz
en
ru