Joriy yilning 11-15 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shihezi universitetida “Sustainable agricultural and saline-alkali soil and ecological protection” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tildi. Ushbu konderensiyada institut ilmiy xodimlaridan professor D.P.Jabborova ham ishtirok etdi. Konferensiyada xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va ilmiy markazlardan ko‘plab olimlar, tadqiqotchilar hamda talabalar qatnashdilar. Bunday tashqari, Shihezi universiteti va Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti o‘rtasida “Sho‘rlangan va ishqoriy yerlarda fan-texnika va ta’lim innovatsiyalari Xitoy-Markaziy Osiyo alyansini tashkil etish bo‘yicha strategik hamkorlik kelishuvi imzolandi. Mazkur hamkorlik sho‘rlangan yerlarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlarni kengaytirish hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan. Hamkorlik doirasida PhD talabalariga ilmiy rahbarlik qilish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va xalqaro loyihalarni amalga oshirishham nazarda tutilgan.








uz
en
ru