“Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati” yanada qulaylashtirildi
Oliy attestatsiya komissiyasining rasmiy veb-saytidagi “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ning milliy va xorijiy ilmiy nashrlar bo‘yicha elektron reestri (https://oak.uz/pages/31738) yanada takomillashtirildi.
Elektron reestrning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, endi har bir jurnal bo‘yicha uning OAK tomonidan tan olinganligi, qaysi fan tarmoqlari bo‘yicha tavsiya etilgani, xalqaro nashriyot yoki ma’lumotlar bazasining amaldagi maqomi haqidagi ma’lumotlar tizimli va qulay shaklda taqdim etilgan.
Bu esa tadqiqotchilarga maqola yuborishdan oldin jurnalning talablarga muvofiqligini mustaqil baholash imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur elektron reestr doimiy ravishda yangilanib va to‘ldirib boriladi.



uz
en
ru