O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tayanch doktorantlari stajirovka o'tashmoqda

O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tayanch doktorantlari stajirovka o'tashmoqda

O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tayanch doktorantlari O.Muhammadiyev va G. Xalillaeva Meksika davlatida joylashgan International Maize and Wheat Improvement Center (CIMMYT) ilmiy markazida bugʻdoy seleksiyasi, fiziologiyasi, kasalliklari, biotexnologiyasi o‘quv kurslarida qatnashmoqdalar. 

Ushbu tashkilot g‘allachiilik va makkajuxori bo‘yicha eng ilg‘or xalqaro ilmiy markaz bo‘lib, bu yerda sohaning dunyodagi eng ilg‘or usul va texnologiyalari ishlab chiqiladi. 

Bunday ilmiy stajirovkalar yosh olimlarga nafaqat nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, balki dunyo tajribasini o‘rganish, xalqaro hamkasblar bilan hamkorlik o‘rnatish va o‘zaro fikr almashish imkonini beradi.
Bu — nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki o‘z ilmiy maktabimizni mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalarni yurtimizga olib kirish va innovatsion yondashuvlar asosida yangi avlod navlarini yaratish sari tashlangan muhim qadamdir.

 

2025-09-19 274