Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar mikroorganizmlar kolleksiyasi noyob obekti

Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar mikroorganizmlar kolleksiyasi noyob obekti

Noyob obekti raxbari: Adilov Baxtiyor Shuxratovich, biologiya fanlari doktori

 

Tel. 71-264 23 90; e-mail. adilov.bakhtiyor@yandex.ru

 

 

 

 

Noyob obektining nomi:

Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar mikroorganizmlar kolleksiyasi

 

Noyob obektining asosiy yo‘nalishi:

O‘simliklar genetikasi va seleksiyasi, mikogogiya (mikroskopik zamburug‘lar ajratish va identifikatsiyalash), fitopotologiya (o‘simliklarda mikologik ekspertiza olib borish, fitopatogen mikroorganizmlar kolleksiyasi genetik resurslarni saqlash va boyitish, mikogerbitsidlar kompozitsiya ishlanmasi, biotexnologiya (suniy infeksion fona yaratish). O‘simliklarda kasallik keltirib chiqaruchi fitopatogen mikroorganizmlar turlar tarkibini aniqlash, ularning biomorfologiyasi, sistematikasi, patogenlik xususiyatlarini o‘rganish. Kolleksiyani doimiy to‘ldirib va yangilab borishdan iborat.

 

Laboratoriyaning asosiy vazifalari:

Respublikamiz ayrim hududlari bo‘ylab o‘simliklarini fitosanitar nazoratidan o‘tkazish;

Kasallangan o‘simliklarning gerbariy namunalarini yig‘ish va zamburug‘larning sof kulturasini ajratib olish;

Turli o‘simliklardan ajratilgan patogen zamburug‘ turlarining morfologik, sistematik va biologik xususiyatlarini o‘rganish;

Indikator o‘simliklar urug‘larini topish, ularni unuvchanligini aniqlash va o‘stirish;

O‘zbekiston hududida shu davrgacha aniqlangan fitoviruslar bo‘yicha adabiyot ma’lumotlarini yig‘ish;

Aniqlangan turlarning monosporali kulturasini ajratish va ularning kolleksiyada saqlashga tayyorlash;

Patogen turlarni kolleksiyada doimiy saqlash uchun ozuqa muhitlarini tanlash va ularni ekib ro‘yxatdan o‘tkazish.

Kolleksiyada saqlanayotgan shtammlarni qayta ozuqa muhitiga ekish va yangilash.

Laboratoriyada 1 ta fan doktori, 1 ta biologiya fanlari nomzodi 2 ta kichik ilmiy xodim ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.

Laboratoriyaning asosiy yutuqlari:

Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar noyob ilmiy ob’ekti kolleksiyasi” genofondida 46 turkumga oid 100 dan ortiq fitopatogen mikroorganizmlarning turlari va 1050 shtammlari saqlanmoqda. Ushbu kolleksiya butun jahon mikroorganizmlar kolleksiyalari markaziga GEPB WDCM № 1228 raqam bilan ro‘yhatdan o‘tgan.

F. acuminatum– R-23, F. percinium – R-37, F. brachygibbosum –R-29, F. acuminatum– R-24, F. equiseti-R-25, F. oxysporum -R-22 zamburug‘ining shtammining tef-1α fragmenti geniga asoslangan tur sekvensi hamda Alternaria alstromeriae –R-21, Macrophomina phaseolina -R-17 shtammlariing ITS regioniga asoslangan bo‘yicha olingan natijalar NCBI (AQSH Milliy Biotexnologiya Axborot Markazi), EMBL-EBI Evropa nukleotid arxivi (Buyuk Britaniya, Kembridj) va DDBJ Yaponiya DNK ma’lumotlar bazasida OP716769, OP716770, OP716771, OP716772, OP716773, OP716774 OQ073449, OQ073450 ID raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Oxirgi besh yilda 1 ta falsafa doktori PhD himoya qilingan. Bulardan tashqari 35 ta ilmiy ishlar nashr qilingan bo‘lib ulardan 25 tasi respublika va xorijiy davlat jurnallarida va 10 tasi respublika va xalqaro anjuman to‘plamlarida chop etilgan. Bundan tashqari 1 ta monografiya, 1 ta oliy o‘quv yutrlar uchun o‘quv qo‘llanma

 

 

2023-03-02 15:12:55 487