Laboratoriya mudiri: Nabiyev Saydig‘ani Muxtorovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Tel: +998 71 26478-67, 94-663-13-43; e-mail: m.saydigani@mail.ru
Laboratoriyaning nomi:
Ekologik genetika va o‘simliklar fiziologiyasi.
Laboratoriyaning asosiy yo‘nalishi:
O‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlari va tizmalarida, ularning turichi va turlararo duragaylarida, genomlararo chatishtirishdan olingan duragaylarda qurg‘oqchilikka chidamlilikning genetik, fiziologik-biokimyoviy va morfologik-anatomik xususiyatlarini kompleks tadqiq etish, endogen va ekzogen omillardan foydalanib, duragaylarda rekombinogenez jarayonini kengaytirish, o‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligini oshirishning noan’anaviy usullarini ishlab chiqish, G‘o‘zaning va soyaning botanik va genetik kolleksiyasidan keng foydalangan holda qurg‘oqchilikka chidamli xorijiy nav namunalarini aniqlash, ularni genetik - seleksion tadqiqotlarga jalb qilish. Olingan tizmalar asosida qimmatli-xo‘jalik belgi va xususiyatlarini uyg‘unlashtirgan yangi navlarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish.
Laboratoriyaning asosiy vazifalari:
- O‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlari va tizmalarida, ularning turichi va turlararo duragaylarida, genomlararo chatishtirishdan olingan duragaylarda qurg‘oqchilikka chidamlilikning genetik, fiziologik-biokimyoviy va morfologik-anatomik xususiyatlarini kompleks tadqiq etish;
-endogen va ekzogen omillardan foydalanib, duragaylarda rekombinogenez jarayonini kengaytirish;
-o‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligini oshirishning noan’anaviy usullarini ishlab chiqish;
-g‘o‘zaning va soyaning botanik va genetik kolleksiyasidan keng foydalangan holda qurg‘oqchilikka chidamli xorijiy nav namunalarini aniqlash, ularni genetik - seleksion tadqiqotlarga jalb qilish;
-olingan tizmalar asosida qimmatli-xo‘jalik belgi va xususiyatlarini uyg‘unlashtirgan yangi navlarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish.
Laboratoriyada , 3 ta fan doktori, 2 ta biologiya fanlari nomzodi (1 tasi doktorant), 2 ta tayanch doktorantura doktoranti, 1 ta kichik ilmiy xodim, 3 ta magistrlar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Laboratoriyaning asosiy yutuqlari:
O‘rta va ingichka tolali g‘o‘zaning yangi nav va tizmalarida qurg‘oqchilikka chidamlilikning genetik va morfofiziologik xususiyatlari, duragaylarda moslashuvchanlik reaksiyalarining, qimmatli-xo‘jalik va fiziologik belgilarning irsiylanishi, korrelyatsiyasi va o‘zgaruvchanligi, g‘o‘zaning chidamlilik potensialini oshirish bo‘yicha yangi nazariy ilmiy ma’lumotlar olingan. Yangi irsiy asosga ega, istiqbolli o‘rta va ingichka tolali tizmalar olinib, genetik-seleksion tadqiqotlarda foydalanishga tavsiya etilgan.
Ingichka tolali “Marvarid” va o‘rta tolali “ Samara” g‘o‘za navlari yaratilib, O‘zR QXV Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Markazining «Gruntnazorat»iga topshirilgan va undan muvaffaqiyatli o‘tib, Markazning nav sinash shahobchalarida sinalmoqda. 2019 yilda “Marvarid” navi Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi agroklasterda joriy qilingan. 2020 yildan bu navlarni ishlab chiqarish sinovlarida sinash va ekin maydonlarini kengaytirish rejalashtirilgan.
Oxirgi besh yilda (2015-2019 yy) laboratoriya olimlari rahbarligida 2 ta falsafa doktori PhD dissertatsiyalari himoya qilingan.1 ta fan doktori va 1 ta falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyaga tayyorlangan. 1 ta monografiya, xorijiy jurnallarda 5 ta maqola, mahalliy jurnallarda 10 ta maqola, xorijiy va mahalliy to‘plamlarda ko‘plab maqola va tezislar chop etilgan, 2 ta g‘o‘za naviga patent olish uchun xujjatlar topshirilgan.