O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutida

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutida

Аkademik Аbdumavlon Аbdullaevich Аbdullaev tavvaludining 90 yilligiga bagʼishlangan 

“GʼOʼZА VА BOShQА EKINLАR GENOFONDI BIOXILMА-XILLIKLАRINI OʼRGАNISh, RIVOJLАNTIRISh, SАQLАSh VА SАMАRАLI FOYDАLАNISh ISTIQBOLLАRI”

XАLQАRO
ILMIY-АMАLIY KONFERENSIYA

Konferentsiya tashkiliy qoʼmitasi Sizlarni 2020 yil 20-21 oktyabr kunlari Toshkent shaxrida boʼlib oʼtadigan “Gʼoʼza va boshqa ekinlar genofondi bioxilma-xilliklarini oʼrganish, rivojlantirish, saqlash va samarali foydalanish istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasida ishtirok etish uchun taklif etadi. Tadbir Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiyasi instituti tomonidan tashkil etilmoqda. Konferentsiya dasturiga gʼoʼza va boshqa qishloq xoʼjalik ekinlari genofondini saqlash, rivojlantirishdagi muammolar va istiqbollarning muhim yoʼnalishlari boʼyicha yalpi maʼruzalar, ogʼzaki va stendga oid axborotlar kiri-tilgan. Konferentsiyaning rasmiy tili- oʼzbek, rus va ingliz tillari. Konferentsiya materiallari alohida toʼplam koʼrinishida tadbir boshlanishiga qadar chop etilishi rejalashtirilmoqda.

 

2019-12-25 17:15:10 1137