Soyaning yangi “Izumrud” naviga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining NAP 00357-raqamli patentini oldi.

Soyaning yangi “Izumrud” naviga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining NAP 00357-raqamli patentini oldi.

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti sabzovot soyaning yangi “Izumrud” naviga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining NAP 00357-raqamli patentini oldi.

Bugungi kunda dunyoda soya eng muhim qishloq xo‘jalik ekinlaridan biridir. Sabzavot soyasi Xitoydan kelib chiqqan bo‘lib, 5000 yildan buyon yetishtiriladi. Sabzavot soyasi jahonda 400 ming gektardan ortiq maydonlarda yetishtirilib, insonlar tomonidan sevib iste’mol qilinuvchi sabzavot turi hisoblanadi. Ushbu o‘simlik turini ekish orqali nafaqat insonlarga to‘yimli ozuqa olish, balki tuproq unumdorligini oshirish mumkin, chunki soya o‘simligining ildiz tugunaklaridagi bakteriyalar tomonidan azot fiksatsiyalanadi.

Yangi nav Genetika va o‘simliklar eksperimental bilogiyasi instituti olimlari V.V.Kim, A.A. Narimanov va R.F. Mavlyanovalar tomonidan yaratilgan. Soyaning yangi “Izumrud” navi asosiy va qo‘shimcha ekin sifatida ekishga mos bo‘lib, birinchi hosili 60-65 kunda, to‘liq hosili esa 85-90 kundan keyin terib olinadi. “Izumrud” soya navidan115 ts/ga hosil olinadi va don tarkibida 44% oqsil, 23% yog' saqlaydi.

 

2021-12-23 169