Professor Abzalov Miradham Fuzailovich ...

Professor Abzalov Miradham Fuzailovich ...

Biologiya fanlari doktori, professor Abzalov Miradham Fuzailovich 2020-yil 28-sentabr kuni vafot etdi. 

Institut jamoasi yaqinlari va oila a'zolariga hamdardlik bildiradi.

Abzalov Miradxam Fuzailovich (1941.03.14., Toshkent shahri Yunusobod tumani) – gentik olim, 1967-1990 yillar O‘zbekiston Milliy Universitetida dosent, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan, 1990 yildan O‘zRFAsi O‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti rahbariyati tomonidan laboratoriya mudiri lavozimiga taklif etilgan, hozirgi kungacha ushbu lavozimda ishlab kelmoqda., Ilmiy ishlarni davom ettirish natijasida doktorlik dessertasiyasini 1991 yil Moskvada Rossiya Fanlar Akademiyasini  N.I. Vavilov nomidagi Umumiy genetika institutini ixtisoslashgan ilmiy kengashida himoya qilgan.  1964 y. - Toshkent kishlok xo‘jaligi instituti agronomiya f-ni tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi «Texnik va sug‘oriladigan ekinlar» bo‘limi katta laboranti,katta ilmiy xodimi (1964-1966), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi  O‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti kichik ilmiy hodimi (1966-1967), Toshkent Davlat Universiteti katta laboranti, stajyor-tadqiqotchisi, aspiranti (1967-1971), (1971 dan 1989 yillarda Toshkent davlat universiteti katta o‘qituvchisi, dosenti, kafedra  mudiri), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi  O‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti laboratoriya mudiri (1989-1997),  
    Ilmiy ishlari G‘o‘za o‘simligining morfobiologik va xo‘jalik belgilarini genetik tahlili natijasida, chigit ustidagi tola va tukni, barg shaklining boshqaruvchi genlar bilan hosil shoxlarini nazorat qiluvchi genlarni o‘zaro munosabatlarini o‘rganish natijasida g‘o‘za o‘simligi uchun mutloq yangi determinant tipda o‘suvchi shaklni genetik tabiatini ochishga muvoffaq bo‘lgan. Hozirgi kunda soya o‘simligining 40 dan ortiq genetik kolleksiya tizmalarini ajrata oldi, morfobiologik va ho‘jalikda ahamiyatli belgilarini genetikasini o‘rganish natijasida qisqa muddat ichida soyani ikki navini “Genetik-1” 2009 yildan va “Sochilmas” 2016 navlarini  Davlat Reestriga kirita oldi. 
“Mehnat Shuxrati” (2018) Ordeni b-n mukofotlangan. 

2020-09-28 107